Belgiya va Italiyaning yangi elchilari O‘zbekistonda faoliyatini boshladi

eʼlon qilindi
Belgiya elchisi Erik De Mayer hamda Italiya elchisi Gvido De Sanktis
Belgiyaning O‘zbekistondagi elchisi Erik De Mayer
Belgiyaning O‘zbekistondagi elchisi Erik De Mayer / Foto: Baxtiyor Saidov Telegram kanali

Belgiya elchisi Erik De Mayer hamda Italiya elchisi Gvido De Sanktis O‘zbekistonda o‘z diplomatik faoliyatlarini boshladi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ulardan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib olganini ma’lum qildi.

Belgiyaning O‘zbekistondagi elchisi Erik De Mayer va Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov / Foto: Baxtiyor Saidov telegram kanali

Uchrashuvlar davomida O‘zbekistonning Belgiya va Italiya bilan ikki tomonlama munosabatlari muhokama qilindi. Xususan, savdo, investitsiyalar, biznes va iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, amaliy iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Italiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Gvido De Sanktis va Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov / Foto: Baxtiyor Saidov telegram kanali

Shuningdek, suhbatda ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish muhimligi ta’kidlandi. Saidov elchilarga mamlakatdagi diplomatik faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni elchisi O‘zbekistondagi faoliyatini yakunlayotgani haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, vazirlikda Saudiya Arabistoni Podshohligining elchisi Yusuf Al-Utaybiy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi va ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy muloqotni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek