Taqiqlangan manba va kontentlarning yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Jami 1593 ta manba va kontentlar taqiq ostiga olindi
Taqiqlangan manba va kontentlarning yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi / Foto: The Independent

O‘zbekiston Respublikasida taqiqlangan manba va kontentlarning yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati ma’lum qildi.

Oliy sud 2026 yil 10-yanvar holatiga ko‘ra, ekstremizm va terrorizm g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi manba hamda kontentlar ro‘yxatini yangiladi. Jumladan, 249 ta Facebook, 790 ta Telegram, 265 ta Instagram, 167 ta YouTube, 36 ta Odnoklassniki, 53 ta TikTok kabi ijtimoiy tarmoq va videoplatformalardagi sahifalar hamda 13 ta sayt, 20 ta kitob, ma’ruza, matn va qo‘shiqlar «qora ro‘yxat»ga tushdi.

Quyida taqiqlangan manba va kontentar ro‘yxati keltirilgan:

Mazkur materiallar ekstremistik g‘oyalarni tarqatish, zo‘ravonlik va terrorizmni oqlash va konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish alomatlarini o‘z ichiga olishi kabi mezonlar asosida baholangan.

Ma’lumot uchun, ushbu taqiqlangan manbalarni tarqatish, saqlash yoki targ‘ib qilish ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ijtimoiy himoya milliy agentligi Namangandagi diniy ta’lim bo‘yicha holatni nazoratga olgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek