
2026-yilgi Chevrolet Traverse modeli uchun AQShda yakuniy narx biroz oshdi. Bu haqda GMAutority xabar bermoqda.
Sabab sifatida yetkazib berish va logistika xarajatlarini qoplovchi majburiy DFC to‘lovining ko‘tarilgani ko‘rsatilmoqda. General Motors ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil dekabr oyidan boshlab Traverse uchun DFC miqdori $1,9 mingdan $2 minggacha oshirilgan. Farq $100 ni tashkil etadi va bu o‘sish barcha komplektatsiyalarga bir xil tatbiq qilingan. Natijada modelning barcha versiyalari tavsiya etilgan chakana narxi oshdi.

GM vakillari bu qaror sanoatdagi umumiy holatga mos ravishda qabul qilinganini bildirgan. Kompaniya narxlar savdo muhiti, avtomobil jihozlanishi, tannarx hamda talab va taklifga qarab shakllantirilishini ta’kidlamoqda.
Narxlar:
| Komplektatsiya | Uzatma turi | Narx |
|---|---|---|
| LT | Old yuritma | $42,7 ming |
| LT | To‘liq yuritma | $44,7 ming |
| Z71 | To‘liq yuritma | $50,8 ming |
| High Country | Old yuritma | $57 ming |
| High Country | To‘liq yuritma | $59 ming |
| RS | Old yuritma | $57,3 ming |
| RS | To‘liq yuritma | $59,3 ming |
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Equinox qimmatlashgani haqida yozgan edi.