Chevy Blazer EV elektromobili savdolari nega pasaymoqda

eʼlon qilindi
4-chorakdagi yetkazib berish 2024-yilning shu davriga nisbatan 77 foizga pastlagan
Chevy Blazer EV elektromobili savdolari nega pasaymoqda / Foto: GM Authority

Chevy Blazer EV modeli GM elektr avtomobillari portfelida noaniq kelajak bilan yuzlashmoqda. 2025-yil boshida elektromobil savdosi barqaror bo‘lgan, ammo yil oxirida keskin pasaygan, deya xabar bermoqda GM Authority.

AQSh bozorida 1-chorakda 6,1 mingta 2-chorakda 6,5 mingta, 3-chorakda esa 8 mingtadan ziyod Blazer EV sotilgan. Biroq 4-chorakdagi yetkazib berish ko‘rsatkichi 1,8 mingtani tashkil qilgan. Bu 2024-yilning 4-choragidan 77 foiz past hisoblanadi. 2025-yil davomida jami 22,6 mingta Blazer EV yetkazilgan. 2024-yil bilan solishtirganda 2,1 foizga kam ko‘rsatkich qayd etilgan. Savdo pasayishiga 2025-yil 30-sentyabrda federal EV soliq imtiyozlarining tugatilishi sabab bo‘lgan.

Kanada bozorida ham vaziyat o‘xshash. 2025-yil 4-chorakda Blazer EV atigi 744 dona sotilgan. Bu o‘tgan yilning 4-choragiga nisbatan 55,8 foiz pasayganini ko‘rsatadi. Butun yil davomida GM Kanada 2,1 ming dona Blazer EV sotgan. 2024 yilgi savdolar bilan solishtirganda, 63,2 foizlik tushish qayd etilgan.

Foto: GM Authority

Ma’lumot uchun, Blazer EV Meksikadagi GM Ramos Arizpe zavodida ishlab chiqariladi. Zavodning boshqa elektromobillash ishlab chiqarish bilan bandligi sababli GM Blazer EV’ni ishlab chiqarishni vaqtincha davom ettirishi mumkin. Biroq, ishlab chiqarish hajmi talabga mos ravishda nazorat qilinadi. Hozir AQSh dilerliklarida taxminan 4 mingta Blazer EV mavjud bo‘lib, bu taxminan 200 kunlik ta’minotga teng.

Foto: GM Authority

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BYD 2025-yilda elektromobillar savdosi bo‘yicha Tesla’ni ortda qoldirgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek