U-23 Osiyo kubogi: O‘zbekiston Janubiy Koreyani mag‘lub etdi

13-yanvar 2026 18:25 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: O‘FA

Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tayotgan U-23 Osiyo kubogida Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoa Janubiy Koreyani mag‘lub, etib C guruhni peshqadam sifatida yakunladi.

Uchrashuvning birinchi taymida hisob ochilmadi. Tomonlar ehtiyotkor harakat qilishdi. Ikkinchi taymning 48-daqiqasida Behruz Karimov jarima maydonchasi ichida kuchli zarba yo‘llab hisobni ochdi. 70-daqiqada Saidumarxon Saidnurullayev hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

Bu natija bilan O‘zbekiston o‘z guruhida birinchi o‘rin bilan pley-off bosqichiga yo‘l oldi. Guruhdagi ikkinchi bahsda Livan va Eron o‘zaro kuch sinashdi. Eronliklar kutilmaganda oxirgi o‘rindagi Livanga 1:0 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan U-23 Osiyo kubogida O‘zbekiston Eron bilan durang o‘ynagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek