Toshkent shahar hokimining soxta akkauntlari orqali firibgarliklar amalga oshirilmoqda

eʼlon qilindi
Shavkat Umurzoqov nomidan
Foto: Toshkent shahri hokimligi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov nomidan foydalanib ochilgan soxta akkauntlar orqali fuqarolarga murojaatlar yo‘llanayotgani aniqlandi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu akkauntlarda hokimning rasmi, ismi va familiyasidan foydalanilib, turli xabarlar yuborilmoqda.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Shahar hokimligi matbuot xizmati rasmiy bayonot bilan chiqib, hokim nomidan shaxsiy yozishmalar olib borayotgan yoki turli iltimos va takliflar bilan murojaat qilayotgan barcha akkauntlar soxta ekanini ma’lum qildi. Fuqarolardan bunday sahifalarga ishonmaslik va ular bilan muloqotga kirishmaslik qat’iyan so‘ralmoqda.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar hokimi yoki hokimlikka aloqador mansabdor shaxslar aholi bilan shaxsiy tartibda xabar almashmaydi. Rasmiy sahifa yoki aloqa kanali ochiladigan bo‘lsa, bu haqda faqat Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining rasmiy axborot kanallari orqali oldindan xabar beriladi.

Hokimlik fuqarolarni hushyor bo‘lishga, shaxsiy ma’lumotlarini begonalarga bermaslikka hamda shubhali akkauntlar va xabarlar haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishga chaqirdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent hokimiga sobiq «Toshturma» hududidagi xiyobon qurilishi bo‘yicha so‘rov yuborilgani haqida yozgandi.

Shuningdek