O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
«O‘zgidromet» ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘radi
O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
Foto: depositphotos

2026-yil 16 – 19-yanvar kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi mavjud. Bu haqda «O‘zgidromet» ogohlantirdi.

Unga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida, Samarqand viloyatining Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida, Jizzax viloyatining Baxmal, Zomin tumanlarida, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari) hamda Namangan viloyati Pop tumanida qor ko‘chishi mumkin.

Shu sababli tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li joylarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralgan.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda yanvar oyida qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgandi.

Shuningdek