Namanganda 21 kg narkotik musodara qilindi

eʼlon qilindi
Har ikkala holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi
Foto: Davlat xavfsizlik xizmati

Qirg‘izistondan O‘zbekistonga 21 kg og‘irlikdagi giyohvandlik vositasini kontrabanda yo‘li bilan olib kelganlar ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Xususan, Andijon shahrida yashovchi, 40 va 36 yoshli ikki nafar fuqaro «O‘zbek – Qirg‘iz» davlat chegarasining Namangan viloyati Uychi tumani «Yangiyer» MFY hududidan o‘tuvchi qismida harakatlanayotgan vaqtida to‘xtatib tekshirildi. Natijada ularning yuk sumkasi ichida 19 kg 169 gr «gashish» moddasi borligi ma’lum bo‘lib, ashyoviy dalil sifatida olindi. Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, narkotikni olib ketish uchun yordamlashish maqsadida kelgan vaqtida, ularning 35 yoshli hamshahari ham qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 25, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Davlat xavfsizlik xizmati

Boshqa bir tezkor tadbirda esa Yangi Namangan tumanida yashovchi 36 yoshli muqaddam sudlangan ayol hozirda shaxsiga aniqlik kiritilayotgan fuqarodan 200 mln so‘mga sotib olishga kelishib, u tomonidan matolar orasiga yashirgan holda Marg‘ilon shahridan yo‘lovchi mashinada yuborilgan 1 kg 953 gr «gashish» moddasini qabul qilib olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida Tojikistondan haydab kelingan Lacetti’ning yonilg‘i baki ichiga giyohvandlik moddalari yashirgan shaxs qo‘lga olingandi.

Shuningdek