iPhone 17e taqdimoti: eng arzon modeldagi 5 asosiy yangilik

16-yanvar 2026 14:11 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Apple

Apple 2026-yilning birinchi yirik premyerasi iPhone 17e’ni taqdim etishga tayyorlanmoqda. Bu haqda RBK nashri xabar berdi. Bu model kompaniyaning eng arzon smartfonlar oilasiga kiradi. Quyida modeldagi beshta asosiy yangilik keltirib o‘tiladi.

Kuchli A19 chipi

iPhone 17e 3 nm texnologiyadagi A19 protsessor bilan jihozlanadi. Bu chip hozirgi iPhone 17’ning standart modeli bilan bir xil bo‘lib, qurilmaga tezlik, silliq ishlash, ko‘p vazifali rejim va sun’iy intellekt funksiyalarini qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi.

Ingichka ekran ramkalari

Foto: Apple

Qurilma 6,1 dyuymli ekran bilan chiqadi, lekin ramkalari yupqaroq bo‘ladi, bu esa uni vizual jihatdan katta iPhone modellari kabi ko‘rsatadi. Shu bilan birga, Always-on Display va ProMotion funksiyalari arzon modelga kirmaydi.

Dynamic Island interfeysi

Foto: Apple

iPhone 17e’ning yana bir yangiligi – Dynamic Island funksiyasi. Bu ekraning yuqori qismidagi interaktiv hudud bo‘lib, old kamera va Face ID sensori uchun joyni birlashtiradi. U bildirishnomalar, fon jarayonlari va tizim xabarnomalarini ko‘rsatadi.

Front kamera va Center Stage

Old kamera 18 MP sensor bilan jihozlanadi va Center Stage funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Sun’iy intellekt yordamida yuzlarni markazlashtirish, turli yo‘nalishlarda selfie olish va kadrni avtomatik kengaytirish imkonini beradi.

MagSafe quvvatlash

iPhone 17e endi MagSafe tizimini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu 15 Vt gacha quvvat bilan simsiz zaryadlash, MagSafe stendlar, batareyalar va boshqa aksessuarlarni ishlatish imkonini beradi. Oldingi model 7,5 Vt Qi zaryadlash bilan cheklangan edi.

Narxi va sotuvga chiqish sanasi

iPhone 17e’ni fevralda xaridorlar qo‘lga kiritishi mumkin. Boshlang‘ich narx $599 bo‘lishi kutilmoqda. Shu bilan birga, yangi modelning bazaviy xotirasi 128 GB o‘rniga 256 GB bo‘lishi ehtimoli mavjud.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Apple yangi Creator Studio obuna paketini ishga tushirgani haqida yozgandi.

Shuningdek