Silk Avia ichki yo‘nalishlar bo‘yicha narxlarni oshiradi
eʼlon qilindi
1-fevral sanasidan boshlab

Silk Avia 2026-yil 1-fevraldan boshlab ichki yo‘nalishlar bo‘yicha tariflarni oshiradi. Bu haqda aviakompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
Yangilangan tariflar o‘rtacha 7-7,5 foizga ko‘tarilgan bo‘lib, chiptalar aviakompaniya saytida, barcha aeroportlarda va Uzbekistan Airways Sales filiallarida sotuvga qo‘yilgan.
| Yo‘nalish | Narx (so‘mdan boshlab) |
|---|---|
| Toshkent – Samarqand | 313 089 |
| Toshkent – Buxoro | 344 399 |
| Toshkent – Navoiy | 297 435 |
| Toshkent – Qarshi | 297 435 |
| Toshkent – Termiz | 360 053 |
| Toshkent – Namangan | 297 435 |
| Toshkent – Farg‘ona | 297 435 |
| Toshkent – Urganch | 469 635 |
| Toshkent – Qo‘qon | 297 435 |
| Toshkent – Andijon | 328 745 |
| Toshkent – Sariosiyo | 422 671 |
| Toshkent – Zomin | 125 236 |
| Toshkent – Shahrisabz | 297 435 |
| Nukus – Mo‘ynoq | 125 236 |
Ma’lumot uchun, narxlar bir tomonga hisoblangan. Yo‘lovchilarga sayohatlarini rejalashtirishda ushbu o‘zgarishlarni inobatga olish tavsiya qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 1-fevraldan «Afrosiyob» poyezdlari chiptalari 15 foizga qimmatlashishi haqida yozgan edik.