Rossiyada tibbiy ma’lumotnomani soxtalashtirgan migrantlar 4 yilgacha qamalishi mumkin

Rossiyada migrantlar bilan bog‘liq qonunchilik choralari yana og‘irlashtirilmoqda. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi vitse-spikeri va migratsiya siyosati bo‘yicha komissiya raisi Irina Yarovaya ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, migrantlarning majburiy tibbiy ko‘rikdan bo‘yin tovlashiga beriladigan jarimalarni 12 barobar oshirish taklif qilinmoqda. Jarimalar miqdori 25 mingdan 50 ming rublgacha (taxminan 320 – 640 ) bo‘lishi mumkin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Davlat dumaga noqonuniy migratsiyaga qarshi choralar ko‘rish va fuqarolarning sog‘lig‘ini himoya qilishga qaratilgan uchta qonun loyihasi kiritilgan. Ushbu hujjatlar nafaqat migrantlar, balki tibbiy tashkilotlar uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutadi. Agar migrant tibbiy ko‘rikdan bo‘yin tovlasa, sud qaroriga binoan Rossiyadan deportatsiya qilinishi mumkin.
Shuningdek, tibbiy muassasalar ustidan nazoratni kuchaytirish taklif qilinmoqda. Migrantlar uchun tibbiy ko‘rik tartibini buzgan tibbiy tashkilotlarga 1 mln rublgacha jarima solinishi mumkin. Hokimiyatlar bu chora formal yondashuvni yo‘q qilish va buzilishlar sonini kamaytirishga yordam beradi, deb hisoblamoqda.
Bundan tashqari, soxta tibbiy ma’lumotlardan foydalangan migrantlarga to‘rt yilgacha qamoq jazosi qo‘llanilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq migrantlar Rossiyaga kirgandan so‘ng 30 kun ichida tibbiy ko‘rikdan o‘tishga majbur qilinishi mumkinligi ham xabar qilingan edi.