Centrum Air shaffof tomli Airbus A321neo samolyotini parvozga qo‘yadi — video

Centrum Air aviakompaniyasi aviaparki yangi Airbus A321neo samolyoti bilan kengaytirildi. Samolyot 17-yanvar kuni Lyublyanadan Toshkent Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportiga qo‘ndi.
Airbus A321neo yangi avlod o‘rta masofali samolyot bo‘lib, avvalgi A320 oilasi modellari bilan solishtirganda yoqilg‘i tejamkorligi va uchish masofasi bilan ajralib turadi. Yangi dvigatellar va takomillashgan aerodinamika yordamida yoqilg‘i sarfi kamaytirilib, chiqindilar darajasi pasaytirilgan.
Samolyot 221 ta yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, to‘liq iqtisodiy klass konfiguratsiyasida ishlab chiqilgan. Kattaroq uchish masofasi aviakompaniyaga uzoq masofalarga reyslarni amalga oshirish va marshrut tarmog‘ini kengaytirish imkonini beradi.
Ma’lumot uchun, Centrum Air Airbus A321neo’ni Uzoq Sharq, Yevropa va boshqa xalqaro yo‘nalishlarda yaqin kunlarda reyslarga qo‘yiladi. Aviakompaniya aviaparki 2026-yil oxirigacha 22 ta samolyotga yetkazishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Centrum Air 2026-yilda Frankfurt va Kopengagenga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar bergan edik.