Trampdan yana boj tahdidlari, Centrum Air‘da shaffof tomli samolyot, Erondagi norozilik qurbonlari — 18-yanvar kungi yangiliklar dayjesti


AQSh Grenlandiya masalasiga aralashgan 8 ta Yevropa davlatiga bojlarni oshirmoqchi
17-yanvar kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Grenlandiyani sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishilmaguncha Yevropa davlatlariga nisbatan bojlarni oshirishini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

«Qarshi neft bazasi» rahbari ishdan olindi
«Qarshi neft bazasi» direktori o‘z lavozimidan ozod etildi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» matbuot kotibi Mo‘min Ibodov xabar berdi.

Shri-Lankada dunyodagi eng yirik safir taqdim etildi
Shri-Lankada dunyodagi eng yirik safir ommaga taqdim etildi. Associated Press xabariga ko‘ra, safir 3563 karat vaznga ega bo‘lib, uning qiymati $300–$400 mln atrofida baholanmoqda.

Centrum Air shaffof tomli Airbus A321neo samolyotini parvozga qo‘yadi — video
Centrum Air aviakompaniyasi aviaparki yangi Airbus A321neo samolyoti bilan kengaytirildi. Samolyot 17-yanvar kuni Lyublyanadan Toshkent Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportiga qo‘ndi.

Erondagi noroziliklar natijasida kamida 5 ming kishi halok bo‘ldi
Erondagi noroziliklar natijasida kamida 5 ming kishi halok bo‘lgan, shulardan taxminan 500 nafari xavfsizlik xodimlari hisoblanadi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

BMW 4-seriyasining uchinchi avlodini ishlab chiqishni boshladi
BMW kompaniyasi 4-seriya avtomobillarini ishlab chiqarishni to‘xtatishni rejalashtirmagan, aksincha, uchinchi avlod ustida ish olib bormoqda. Bu haqda BMW’ning tadqiqot va ishlanmalar bo‘limi rahbari Yoaxim Post ma’lum qildi.