«Yangi Bank»ni tugatish bo‘yicha Tugatish komissiyasi tashkil etildi

eʼlon qilindi
Hozirda bank omonatchilarining ro‘yxati (reyestri) shakllantirilmoqda
«Yangi bank» tugatilmoqda: litsenziya bekor qilindi, omonatlar qaytariladi
Foto: Yandex

Markaziy bank «Yangi Bank» aksiyadorlik jamiyatini tugatish bo‘yicha Tugatish komissiyasi tashkil etilgani va u o‘z faoliyatini boshlaganini ma’lum qildi.

Hozirda bank omonatchilarining ro‘yxati (reyestri) shakllantirilmoqda. Mazkur jarayon 8 ish kuni davom etishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 2 ish kuni ichida Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan kompensatsiya miqdori hamda agent-bank haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlar rasmiy veb-saytda e’lon qilinadi. Ushbu axborot taxminan 28-yanvar kuni ochiqlanishi kutilmoqda.

Markaziy bank yana bir bor eslatishicha, «Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, jismoniy va yuridik shaxslarning banklardagi omonatlari davlat tomonidan qonunchilikda belgilangan tartib va miqdorlarda kafolatlanadi.

«Yangi Bank»dagi kafolatlangan omonatlar bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlari belgilangan tartibda Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

Kompensatsiya to‘lovlari yuzasidan qo‘shimcha savollar bo‘lsa, Omonatlarni kafolatlash agentligining 555 500 500 ishonch telefoniga murojaat qilish mumkin. Bankni tugatish jarayoni bo‘yicha umumiy masalalar yuzasidan esa Tugatish komissiyasining call-markazi — +998 78 777 88 87 raqami orqali ma’lumot olish mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan tugatilayotgan «Yangi bank»da kafolatlanmagan omonat mablag‘lari qanday qaytarilishi haqida yozgandi.

Shuningdek