YI davlatlari AQSh tariflariga qarshi choralarni kuchaytirishga kelishib oldi

eʼlon qilindi
6-fevraldan boshlab tariflar paketi ishga tushiriladi
Yevropa Ittifoqi AQSh tariflariga qarshi choralarni kuchaytirishga kelishib oldi / Foto: Reuters

Yevropa Ittifoqi elchilari AQSh prezidenti Donald Trampni Yevropa ittifoqi davlatlariga tariflar qo‘llashdan qaytarish bo‘yicha choralarni kuchaytirishga kelishib oldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Tramp 1-fevraldan boshlab Daniya, Shvetsiya, Fransiya, Germaniya, Niderlandiya va Finlandiya, shuningdek Buyuk Britaniya va Norvegiyaga nisbatan tariflarni oshirishishini aytgan. Yevropa yetakchilari esa Bryusselda favqulodda sammitda javob choralarini muhokama qiladi. Variantlardan biri 93 mlrd yevro qiymatidagi AQSh importiga nisbatan tariflar paketi bo‘lib, u olti oylik tanaffusdan so‘ng 6-fevralda avtomatik ishga tushadi.

Boshqa variantda esa ilgari ishlatilmagan Majburlashga qarshi instrument (ACI) chorasi hisoblanadi. Bu davlat tenderlari, investitsiyalar yoki bank faoliyatiga kirishni cheklash yoki AQShning YI bilan ortiqcha savdosiga ega bo‘lgan xizmatlar sohasida savdoni cheklashi mumkin.

Ma’lumot uchun, boj tahdidlari global bozorga salbiy ta’sir ko‘rsatib, yevro va funtning dollarga nisbatan qadrsizlanishiga olib keldi. Shuningdek, tariflar AQShning Buyuk Britaniya va YI bilan tuzgan savdo kelishuvlarini shubha osti qo‘ymoqda

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqi Grenlandiyaga oz sonli harbiylarni yuborgan edi.

Shuningdek