Energiya auditi o‘tkazilmagan 31 ta korxonaga chora ko‘rildi

eʼlon qilindi
Ularga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun 1,5 baravar oshiruvchi koeffitsiyent qo‘llanildi
Energiya auditi o‘tkazilmagan 31 ta korxonaga chora ko‘rildi
Energiya auditi o‘tkazilmagan 31 ta korxonaga chora ko‘rildi / Foto: «O‘ZENERGOINSPEKSIYA»

Energiya auditi o‘tkazilmagan korxonalarga chora ko‘rildi. O‘zenergoinspeksiya iqtisodiyot tarmoqlarida energiya resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida majburiy energiya auditidan o‘tishi lozim bo‘lgan korxonalarda nazorat ishlarini olib bordi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2025-yilda majburiy energiya auditi o‘tkazilishi belgilangan va davlat energetika reyestriga kiritilgan 357 ta subyektdan 31 tasida energiya auditi ishlari umuman boshlanmagan.

Shu sababli mazkur korxonalarga yetkazib berilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun amaldagi tariflarga 1,5 baravar oshiruvchi koeffitsiyent qo‘llanildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq havo sovuqligi munosabati bilan energiya tizimi kuchaytirilgan rejimga o‘tkazilgandi. 16-yanvardan yoqilg‘i-energetika tizimi sovuq ob-havo sharoitida barqaror ishlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Shuningdek