Jahon bozorida neft narxi pasaydi

eʼlon qilindi
Erondagi siyosiy vaziyatning barqarorlashuvi «qora oltin» kotirovkalarini pastga tushirdi
Foto: IG

19-yanvar kuni jahon birjalarida neft narxi pasayishni boshladi. Bunga Erondagi fuqarolik tartibsizliklarining yumshashi va AQSh zaxiralarining oshishi sabab bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Ma’lumotiga ko‘ra, Brent markali neftning bir barreli narxi 28 sent (0,44 foiz)ga arzonlashib, $63,85 ni tashkil qildi. AQShning WTI (West Texas Intermediate) markasi esa fevral oyi fyucherslari bo‘yicha 36 sentga pasayib, $59,08 ga teng bo‘ldi.

Bozor tahlilchisi Toni Sikamorning ta’kidlashicha, narxlarning tushishiga «Eron mukofoti» (geosiyosiy xavf uchun qo‘shimcha narx) omilining yo‘qolishi sabab bo‘lgan. O‘tgan haftada Erondagi namoyishlar va AQSh prezidenti Donald Trampning keskin bayonotlari fonida narxlar 12 haftalik maksimumga chiqqan edi. Biroq Tehron vaziyatni nazoratga olgani va Vashingtonning harbiy ritorikasi pasaygani bozorlarni tinchlantirdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yevropa Ittifoqi Rossiya neftining narxini yana pasaytirishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek