Ohangaronda loyga botib qolgan «Jiguli» FVV yordamida chiqarildi — video

19-yanvar 2026 15:20 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Ohangaronda FVV «Jiguli»ni loydan chiqarib oldi — video
Ohangaronda FVV «Jiguli»ni loydan chiqarib oldi — video / Ekran tasviri videodan olingan

Ohangaronda yo‘ldan chiqib ketib, loyga botib qolgan «Jiguli» avtomobili maxsus texnika yordamida xavfsiz tarzda chiqarib olindi. Bu haqda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, hodisa vaqtida hech kim jabrlanmadi. Avtomobil egasiga zarur yordam ko‘rsatildi va transport vositasi yo‘lga qaytarildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 1977-yilgi «Jiguli» deyarli yangi holatda sotuvga qo‘yilgani haqida xabar berilgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobilning umumiy yurishi atigi 7,3 ming kmni tashkil etadi. Sotuvchi salonida hanuzgacha yangi mashina hidi saqlanib qolganini ta’kidlagan.

Mazkur avtomobil uchun 1 mln 575 ming rubl ($20 ming) so‘ralmoqda. Bu summa hozirda yangi Lada Vesta narxiga teng.

Shuningdek