20-yanvar uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Foto: Depositphotos

20-yanvar uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 88,93 so‘mga oshib, 12 050 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

13-yanvarda 32,37 so‘mga pasayib, 12 099,18 so‘m, 14-yanvarda 51,14 so‘mga pasayib, 12 048,04 so‘m, 15-yanvarda esa 46,33 so‘mga pasayib, 12 001,71 so‘m etib belgilandi. 16-yanvar kuni ham dollar pasayishda davom etib, 11 969,66 so‘mni tashkil etdi. 19-yanvarda dollar 6,88 so‘mga pasayib, 11 962,78 so‘m etib belgilandi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 121,32 so‘mga oshib, 14 008.91 so‘mni, rubl 0,71 so‘mga oshib, 154,69 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri hafta davomida dollar qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.    

Shuningdek