Toshkentda qidiruvdagi shaxslarning ko‘pi firibgarlik jinoyatini sodir qilgani ma’lum bo‘ldi

eʼlon qilindi
Uzoq yillar avval jinoyat sodir etib qochib yurgan 73 nafar shaxs ham 2025-yilda ushlanib jazolangan
Foto: Komsomolskaya Pravda

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi 2025-yilda qidiruvga berilgan shaxslar va ular sodir qilgan jinoyatlar bo‘yicha ma’lumot berdi.

O‘tgan yil davomida shahar IIBB, hududiy tizimlar, prokuratura va sud organlari tomonidan 3923 nafar shaxs qidiruvga berilgan, ulardan 2146 nafari qo‘lga olingan.

Jinoyatlar tahliliga ko‘ra, eng ko‘p qidiruvdagi shaxslar firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etgan – 1084 nafar. Shuningdek, o‘g‘irlikda 293, giyohvandlik moddalari bilan bog‘liq jinoyatlarda 143 nafar shaxs qidiruvda bo‘lgan.

Qotillik, og‘ir tan jarohati, odam savdosi va talonchilik kabi jinoyatlar bilan bog‘liq qidiruvdagi shaxslar soni esa nisbatan kam: qotillikda 6, og‘ir tan jarohati yetkazishda 18, odam savdosida 7, talonchilikda 38 nafar.

Shuningdek, 86 nafar qidiruvdagi shaxs respublika hududidan chiqib ketgan va xorij huquqni muhofaza qiluvchi organlari yordamida ushlangan. Ulardan 73 nafari MDH davlatlarida, 17 nafari boshqa mamlakatlarda qo‘lga olingan, shundan 67 kishi O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan.

Tergov va sud organlariga kelishdan bo‘yin tovlab yurgan, ammo rasmiy qidiruv e’lon qilinmagan 741 nafar shaxs ham aniqlanib, tegishli organlarga olib kelingan.

Yana bir tomoni, uzoq yillar avval jinoyat sodir etib qochib yurgan 73 nafar shaxs ham 2025-yilda ushlanib, jazolangan. Masalan, odam savdosida ayblanib 2012-yildan beri qidiruvda bo‘lgan Risolat ismli fuqaro 19-mart kuni qo‘lga olingan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan har bir o‘qilgan kitob uchun mahkumlarning jazo muddati 3 kunga qisqartirilishi haqida yozgandi.

Shuningdek