Oltin quymalarni qanday sotib olish mumkin — qo‘llanma

eʼlon qilindi
Tijorat banklari orqali
Oltin quymalarni qanday sotib olish mumkin
Oltin quymalarni qanday sotib olish mumkin / Foto: Finlit

O‘tgan yil davomida oltin narxi 65 foizga oshdi. U uzoq muddatli jamg‘arma va investitsiya vositasi bo‘lib, daromadini aynan shu yo‘l orqali oshirishni istagan o‘zbekistonliklarda ham oltin xarid qilish imkoni mavjud. O‘zbekiston Markaziy banki o‘lchovli oltin quymalarni tijorat banklari orqali sotuvga chiqaradi. Kursiv Uzbekistan quyida mazkur oltin quymalar va ularni qanday sotib olish mumkinligi haqida batafsil ma’lumot beradi.

Ushbu maqoladan quyidagilarni bilib olishingiz mumkin:

Oltin quymalar qanday og‘irliklarda sotiladi

Foto: Markaziy bank

Sotuvga chiqarilayotgan oltin quymalar 999,9 darajadagi sof oltindan tayyorlanadi. Ularning og‘irligi quyidagicha:

  • 5 gramm;
  • 10 gramm;
  • 20 gramm;
  • 50 gramm;
  • 100 gramm.

Har bir quyma kichik va qulay formatda bo‘lib, turli moliyaviy imkoniyatlarga mos keladi.

Maxsus himoya qadoqlari va sertifikatlash

Oltin quymalar maxsus himoya qadoqlarida sotiladi. Ushbu qadoq sertifikat vazifasini bajaradi va har bir quyma bilan bir xil seriya raqamiga ega bo‘ladi.

Qadoqlar Italiyaning Certiline Srl. kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Oltin quyma va uning qadogʻi bir hil seriya raqamiga ega. Qadoqda 3 turdagi himoya elementlari mavjud:

Oltin quymalarni sotish va qaytarib sotib olish narxlari oltinning jahon bozoridagi narxi va Markaziy bank tomonidan belgilangan marja yoki chegirma asosida shakllanadi.

20-yanvar Toshkent vaqti bilan soat 10:32 holatiga oltin quymalarini sotish va sotib olish narxlari quyidagicha:

Og‘irligiSotish narxiQaytarib sotib olish (qadog‘i but)Qaytarib sotib olish (qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos emas)
5 gramm9 244 000 so‘m8 885 000 so‘m8 795 000 so‘m
10 gramm18 488 000 so‘m17 770 000 so‘m17 590 000 so‘m
20 gramm36 975 000 so‘m35 540 000 so‘m35 181 000 so‘m
50 gramm92 439 000 so‘m88 849 000 so‘m87 951 000 so‘m
100 gramm184 877 000 so‘m177 698 000 so‘m175 903 000 so‘m

Oltin quymalarni qanday sotib olish mumkin

O‘lchovli oltin quymalarni tijorat banklarining maxsus sotuv shoxobchalaridan xarid qilish mumkin. Xarid vaqtida quyma himoya qadog‘i bilan birga beriladi. Oltin quymalarning qadogʻi sertifikat vazifasini bajaradi va oʻz seriya raqamiga ega boʻladi.

Oʻlchovli oltin quymalarning sotish va qaytarib sotib olish shoxobchalari (Toshkent shahri)

Bank nomiManzilTelefon raqami
1O‘zsanoatqurilishbank (Sergeli BXM)Sergeli tumani, Sergeli-8, Sofdil MFY, Shoqirariq ko‘chasi, 3-uy78-120-45-00 (2601)
2O‘zsanoatqurilishbank (Toshkent mintaqaviy BXO)Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik MFY, Mustaqillik shox ko‘chasi, 5-uy78-120-45-00 (1501)
3O‘zmilliybank (Bosh amaliyot BXM, Grand Mir mehmonxonasi uchun)Toshkent shahri, Mirobod tumani, Y. G‘ulomov ko‘chasi, 95-uy(78) 147-15-72
4O‘zmilliybank (Mirzo Ulug‘bek BXM)Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik ko‘chasi, 66-uy(78) 147-15-34
5O‘zmilliybank (Bosh amaliyot BXM, Lotte Tashkent Palace mehmonxonasi uchun)Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik ko‘chasi, 66-uy(78) 147-15-34
6O‘zmilliybank (Sebzor amaliyot BXM)Olmazor tumani, F. G‘ulom ko‘chasi, 1-uy(78) 147-15-36
7O‘zmilliybank (Yakkasaroy BXM, aeroport kirish-chiqish uchun)Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 85-uy(78) 147-15-35
8O‘zmilliybank (Yashnobod BXM, Hilton mehmonxonasi uchun)Yashnobod tumani, S. Azimov boshi berk ko‘chasi, 1a-uy78-147-15-40
9O‘zmilliybank (Sayohat BXM)Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 28-uy78-147-15-46
10Asia Alliance Bank (Amaliyot boshqarmasi)Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 2a-uy71-231-60-00
11Kapital bank (Markaziy amaliyot boshqarmasi)Yunusobod tumani, Sayilgoh ko‘chasi, 7-uy78-148-40-05
12Kapital bank (Yashnobod filiali)Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 1-uy78-120-20-10
13Kapital bank (Mirzo Ulug‘bek filiali)Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 526-uy78-120-13-33
14Kapital bank (Toshkent shahar filiali)Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi, 86a-uy71-254-88-88
15Kapital bank (Chorsu filiali)Shayxontohur tumani, Samarqand Darvoza ko‘chasi, 13-uy78-140-15-15
16Kapital bank (Yagona filiali, Premium BXO uchun)Yunusobod tumani, Sayilgoh ko‘chasi, 7a-uy78-888-58-88
17Kapital bank (Amaliyot boshqarmasi)Mirobod tumani, Matbuotchilar ko‘chasi, 32-uy78-140-90-22
18Ipoteka bank (Mehnat filiali)Mirzo Ulug‘bek tumani, Istiqlol ko‘chasi, 9-uy78-150-11-22
19Ipoteka bank (Mehnat filiali, Mirobod BXM)Mirobod tumani, Kunaeva ko‘chasi, 35-uy78-150-11-22
20Ipoteka bank (Mehnat filiali, Interkontinental mehmonxonasi uchun)Yunusobod tumani, Amir Temur shox ko‘chasi, 107a-uy78-150-11-22
21Ipoteka bank (Shayxontohur filiali)Shayxontohur tumani, O‘zbekiston shox ko‘chasi, 16a-uy78-150-11-22
22Ipoteka bank (Mehnat filiali, Yunusobod Oloy BXM uchun)Yunusobod tumani, Oloy bozori78-150-11-22
23Hamkor bank (Toshkent mintaqaviy UBXO)Chilonzor tumani, Olmazor massivi, Furqat ko‘chasi, 14-uy0-800-1-200-200
24Trast bank (Amaliyot boshqarmasi)Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasi, 7-uy71-207-62-46
25Ipak yo‘li bank (Mirobod filiali)Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasi, 25-uy78-140-99-09
26Ipak yo‘li bank (Amaliyot boshqarmasi)Yunusobod tumani, A. Qodiriy ko‘chasi, 2/1-uy78-140-69-00
27Orient Finans Bank (Amaliyot boshqarmasi)Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasi, 5-uy71-205-55-55
28Invest Finans Bank (Mirobod BXM, bosh ofis)Mirobod tumani, Taras Shevchenko ko‘chasi, 1-uy71-202-50-60
29Invest Finans Bank (Mirobod BXM)Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasi, 18b-uy71-202-50-60
30Invest Finans Bank (Mustaqillik BXM)Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik ko‘chasi, 17b-uy71-202-50-60
31Asaka bank (Avtotransport BXM)Yakkasaroy tumani, Kuqinor ko‘chasi, 40-uy78-147-65-65 (21-21)
32Asaka bank (Shayxontohur BXM)Shayxontohur tumani, Furqat ko‘chasi, 9-uy78-147-65-65 (24-24)
33Anor bank (Toshkent savdo ofisi)Mirzo Ulug‘bek tumani, Sairam ko‘chasi, 5-uy95-503-00-00
34Turot bank (Toshkent shahar BXM)Shayxontohur tumani, Abay ko‘chasi, 4a-uy71-202-01-01 (345)
35Mikrokredit bank (Amaliyot boshqarmasi)Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 4-uy71-207-46-51
36Garant bank (Amaliyot boshqarmasi)Mirobod tumani, Saidbaraka ko‘chasi, 78-uy71-202-13-22
37AJ Oktobank (Amaliyot boshqarmasi)Shayxontohur tumani, Furqat ko‘chasi, 2-uy71-202-33-33
38AT Xalq bank (Yakkasaroy BXM)Yakkasaroy tumani, Sh. Rustaveli ko‘chasi, 9-uy1106, 71-210-20-02
39Biznesni rivojlantirish banki (Yakkasaroy BXM)Yakkasaroy tumani, Sh. Rustaveli ko‘chasi, 53b-uy71-150-00-55

Boshqa hududlar kesimida oltin quymalarning sotish va qaytarib sotib olish shoxobchalarini ushbu havola orqali bilib olishingiz mumkin.

Bundan tashqari, oltin quymalarni bankomat orqali ham xarid qilish mumkin. Masalan, Tashkent City Mall savdo markazida Paynet kompaniyasi tomonidan o‘rnatilgan bankomat orqali 5, 10, 20, 50 va 100 grammli oltin quymalarni sotib olish imkoniyati mavjud. Bunda narxlar O‘zbekiston Markaziy bankining rasmiy kursi asosida belgilanadi.

Shuningdek, hozirgi paytda banklarda o‘lchovli oltin quymalar qoldig‘i bo‘yicha ma’lumotni ushbu havoladan olishingiz mumkin.

Oltin quymalarni qaytarib sotish tartibi

Agar oltin quymaning qadog‘i but bo‘lsa, tijorat banki uni darhol qaytarib sotib oladi va to‘lov darhol amalga oshiriladi. Agar qadoq buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmasa, quyma avval ekspertizadan o‘tkaziladi. Ekspertiza yakunlangach, to‘lov amalga oshiriladi.

Masalan, 2025-yil 20-yanvarda 100 gr oltin quyma narxi 116 mln so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 2026-yil 20-yanvarda esa 184,9 mln so‘m. Bu mazkur quyma narxi 59 foizdan ortiqqa oshganini bildiradi. Qadog‘i but holatda 53,1 foiz, qadog‘i buzilgan holatda esa 51,6 foizga oshgan.

Oltin quymalarni chetga olib chiqish mumkinmi

Qadog‘i but bo‘lgan o‘lchovli oltin quymalarni O‘zbekiston hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat etiladi. Bu ularni nafaqat investitsiya, balki xalqaro aktiv sifatida ham qulay qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq jahon bozorida oltin narxi $4,7 mingdan oshgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek