Xitoy “Buyuk energiya devori”ni qurishni boshladi

eʼlon qilindi
Devorning uzunligi qariyb 133 km va kengligi 25 km bo‘ladi
Foto: Energiesmedia

Xitoydagi cho‘lda «Buyuk energiya devori» qurilishi boshlandi. Sakkiz million quyosh panelidan iborat ushbu «devor» 100 GVt quvvatga ega bo‘ladi. Bu haqda Energiesmedia xabar berdi.

Devorning uzunligi qariyb 133 kilometr va kengligi 25 kilometrni tashkil qiladi. Bu Xitoyning cho‘lda qurgan birinchi quyosh energiyasi loyihasi emas. Biroq loyiha ishlab chiqaruvchisi Ordos Energy kompaniyasiga ko‘ra, bu «devor» Pekin ehtiyojlarini qondirish uchun «yetarli miqdordan ko’proq» energiya ishlab chiqarishi bilan noyobdir.

«Buyuk quyosh devori»ning maqsadi 2030-yilga borib yiliga 180 milliard kVt/soat energiya ishlab chiqarishdir. Rejalarga ko‘ra, qurilishi tugallangandan so‘ng, yangi elektr uzatish liniyasi quriladi, u har yili inshootdan Pekin-Tyantszin-Xebey mintaqasiga 48 milliard kVt/soat energiya uzatadi. Loyiha mintaqaning energiya xavfsizligini mustahkamlashdan tashqari, boshqa afzalliklarni ham taqdim etadi. Umuman olganda, 2030-yilga borib taxminan 50 ming ish o‘rni yaratiladi.

Bundan tashqari, devor yaqinidagi cho‘l hududlarda 2400 gektar qishloq xo’jaligi yerlari yaratilib, ushbu yerlarga mahsulot ekiladi. Bu iqtisodiy rivojlanishga yordam beradi va atrof-muhitni saqlashga ko‘maklashadi. Odatda «o‘lim dengizi» deb ataladigan narsa mamlakat uchun yirik energiya markaziga aylanadi.

Avvalroq «Kursiv» Xitoy 2026-yildan boshlab Rossiyadan elektr energiyasi xaridini to‘liq to‘xtatgani haqida yozgandi.

Shuningdek