Qozog‘istonda vitse-prezident lavozimi joriy etiladi

eʼlon qilindi
Yangi lavozim Konstitutsiyada mustahkamlanadi
Foto: Gov.kz

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakatda vitse-prezidentlik instituti joriy etilishini ma’lum qildi. Ushbu lavozim va unga yuklatilgan vazifalar respublika Konstitutsiyasida mustahkamlanadi.

Vitse-prezidentning vakolatlari doirasini bevosita davlat rahbari belgilaydi. Xususan, ushbu mansabdor shaxs xalqaro forumlarda va xorijiy delegatsiyalar bilan muzokaralarda Qozog‘iston manfaatlarini himoya qiladi.

Shuningdek, unga prezident manfaatlarini parlamentda ifodalash hamda mahalliy va qo‘shma ijtimoiy-siyosiy, ilmiy va madaniy-ma’rifiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish vazifalari yuklatiladi. Yangi lavozimning kiritilishi bilan ma’muriy tuzilmalarning ayrim qismlari bekor qilinishi kutilmoqda.

«Amaldagi parlament faoliyatini ta’minlovchi apparat tuzilmalarining bir qismi, shuningdek, Davlat maslahatchisi lavozimi tugatiladi», — deb ta’kidladi prezident.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qozog‘iston Osiyo davlatlariga go‘sht yetkazib beruvchi davlatga aylanishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek