Notariuslar endi ijro xatlarini elektron shaklda yozishi mumkin

eʼlon qilindi
Videokonferensiya orqali
O‘zbekistonda notariat tizimida yangi tartib va qulayliklar joriy etiladi
Notariuslar endi ijro xatlarini elektron shaklda yozishi mumkin / Foto: Strategy

«Notariuslar tomonidan ijro xatlarini yozish tartibi to‘g‘risida»gi nizomi orqali notariuslar tomonidan ijro xatlarini yozish tartibi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Nizomga ko‘ra, ijro xati notarial idora binosida, videokonferensaloqa orqali, elektron shaklda yoki murojaat qiluvchilarning xohishiga ko‘ra sayyor tartibda yoziladi. Ijro xati videokonferensaloqa orqali yozilganda, tasdiqlovchi yozuvda bu haqda ko‘rsatiladi hamda yozish jarayoni notarius tomonidan majburiy audio va video qayd etiladi.

Ijro xati taqdim etilgan hujjatlar qarzdorning undirib oluvchidan qarzdor ekanligini yoki boshqa majburiyatini shubhasiz tasdiqlagan, shuningdek, majburiyat bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmaganidan keyin da’vo qilish huquqi vujudga kelgan kundan boshlab 3 yildan ortiq vaqt o‘tmagan hollarda yoziladi.

Shuningdek, notariuslar tomonidan BHMning 1 ming baravarigacha bo‘lgan ayrim fuqarolik-huquqiy nizosiz talablar bo‘yicha ham ijro xati yozilishi belgilandi.

Agar qonunchilikda boshqa muddat nazarda tutilmagan bo‘lsa, ijro xati u yozilgan kundan boshlab 3 yil ichida majburiy ijro uchun taqdim etilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2030-yilgacha har yili bittadan davlat banki xususiylashtirilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek