Saida Mirziyoyeva «Insoniy birodarlik» mukofoti sovrindorlarini qutladi

eʼlon qilindi
Mirziyoyeva Zarqa Yaftalining xizmatlarini alohida qayd etdi
Saida Mirziyoyeva
Foto: Saida Mirziyoyeva telegram kanali

2026-yilgi Shayx Zoid nomidagi «Insoniy birodarlik» xalqaro mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi. Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ushbu mukofot hakamlar hay’ati a’zosi sifatida ishtirok etgani va g‘oliblarni tabriklash o‘zi uchun katta sharaf ekanini bildirdi.

Mirziyoyeva Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida erishilgan tinchlik kelishuvini alohida e’tirof etib, bu voqea uzoq yillar davom etgan va murakkab nizolarni ham muloqot hamda kelishuv orqali hal qilish mumkinligini yaqqol namoyon etganini ta’kidladi.

Shuningdek, u qizlarning ta’lim olish huquqini himoya qilish yo‘lida uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan Zarqa Yaftalining xizmatlarini alohida qayd etdi. Uning izchil va qat’iyatli sa’y-harakatlari insonlar taqdiri va butun jamiyatlar kelajagini o‘zgartirishga qodir ekanini ko‘rsatgani aytildi.

Saida Mirziyoyeva tinchlik hamda qizlarning ta’lim olish huquqlari jamiyatlarning barqarorligi va taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan muhim qadriyatlar ekanini ta’kidladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Saida Mirziyoyeva Rim Papasi Lev XIV bilan uchrashgani haqida yozgandi.

Shuningdek