Toshkentdagi hind tilida yozilgan noqonuniy reklama olib tashlandi

eʼlon qilindi
Davlat tilidagi matn ustuvorligi saqlanmagan
Foto: ijtimoiy tarmoqlardan olindi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti yaqinida o‘rnatilgan hind tilidagi reklama peshlavhasi ruxsat hujjatlarisiz ekani aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Hokimlik ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda peshlavha «Davlat tili to‘g‘risida» va «Reklama to‘g‘risida»gi qonunlar talablariga zid tarzda joylashtirilgani aniqlangan. Xususan, davlat tilidagi matn ustuvorligi saqlanmagan va reklama materiallari qonuniy tartibda ruxsat berilmagan.

Video: Toshkent shahar hokimligi

Aniqlangan qoidabuzarliklar asosida peshlavha belgilangan tartibda demontaj qilindi. Hokimlik tadbirkorlik subyektlarini reklama vositalarini joylashtirishda qonunchilikka qat’iy rioya qilishga chaqiradi. Qonunbuzarliklar aniqlangan taqdirda, materiallar olib tashlanadi va mas’ullarga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent shahrining dizayn-kodi jamoatchilik muhokamasiga chiqarilgani haqida yozgandi.

Shuningdek