2025-yilda O‘zbekiston aeroportlarida yo‘lovchilar oqimi 15 foizga oshdi

O‘zbekiston aeroportlari 2025-yilda jami 15,5 mlndan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 15 foizga yuqori. Bu haqda Uzbekistan Airports ma’lum qildi.
Shundan 92,4 mingtasi xalqaro, deyarli 36,5 mingtasi esa ichki yo‘nalishlarga to‘g‘ri keladi. Yo‘lovchilarning 12,7 mlndan ziyodi xalqaro reyslarda, 2,7 mlndan ortig‘i esa ichki qatnovlarda bo‘ldi.
Yil davomida mamlakat aeroportlarida jami salkam 129 mingta aviareys amalga oshirildi, bu 2024-yilga solishtirilsa 14 foizga ko‘pdir. Mamlakat aeroportlarida 2025-yilda jami 98,1 ming tonna yuk va pochta qayta ishlangan bo‘lib, bu 2024-yildagiga nisbatan 12 foizga ko‘proqdir.
Shuningdek, 2025-yilda O‘zbekiston aeroportlariga to‘rtta yangi xorijiy aviakompaniya – Air China, China Eastern, Korean T’Way va Air Asia jalb qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025-yilgi dunyodagi eng xavfsiz va ishonchli aviakompaniyalar reytingini e’lon qilgan edik.