ChatGPT universitetga kirish imtihonida 9 fan bo‘yicha maksimal ball oldi

eʼlon qilindi
ChatGPT 15 fan ichidan 9 tasi bo‘yicha maksimal ball to‘plagan
ChatGPT
Foto: Digital Floats

OpenAI kompaniyasining ChatGPT sun’iy intellekt chat-boti Yaponiyaning oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonida yuqori natija qayd etdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

LifePrompt kompaniyasi o‘tkazgan tajriba hisobotiga ko‘ra, ChatGPT 15 fan ichidan 9 tasi bo‘yicha maksimal ball to‘plagan, javoblarning umumiy aniqligi esa 97 foizni tashkil etgan.

Tajriba doirasida ChatGPT bilan bir qatorda Gemini, Claude Opus kabi sun’iy intellektga asoslangan chat-botlar ham sinovdan o‘tkazilgan. Natijalarga ko‘ra, ChatGPT matematika, informatika, kimyo, biologiya va fizika asoslari, shuningdek, siyosat va iqtisod fanlaridan eng yuqori bahoni olgan. Anthropic kompaniyasiga tegishli Claude Opus uch fan bo‘yicha maksimal ball qayd etgan bo‘lsa, Google’ning Gemini modeli faqat ikki fan bo‘yicha ideal natija ko‘rsatgan.

ChatGPT eng past natijani yapon tili fanidan ko‘rsatib, 90 foiz to‘g‘ri javob bergan. Tadqiqotchilar buni sun’iy intellektning badiiy matnlarda ifodalanadigan insoniy his-tuyg‘ularni va ularning murakkab xatti-harakatlarini to‘liq anglay olmasligi bilan izohlamoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ChatGPT’ning bepul versiyasida reklama paydo bo‘lishi haqida yozgandi.

Shuningdek