GM ayrim modellarga karta-kalit joriy qilmoqda

21-yanvar 2026 14:38 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
GM ayrim modellarga karta-kalit joriy qilmoqda
GM ayrim modellarga karta-kalit joriy qilmoqda / Foto: MacRumors

General Motors avtomobillar uchun yangi karta-kalit tizimini joriy qila boshladi. GM Authority’ga ko‘ra, bu karta hamyon o‘lchamida bo‘lib, odatiy kalit pulti o‘rnini to‘liq bosmaydi, balki zaxira kalit sifatida ishlatiladi.

Foto: GM Authority

Karta yordamida avtomobilni yopish, ochish va ishga tushirish mumkin. Buning uchun kartani haydovchi eshigi tutqichidagi yoki B-ustundagi maxsus sensorga tekkizish kifoya. Avtomobil ochilgach, uni ishga tushirish uchun ikki daqiqa vaqt beriladi. Agar vaqt o‘tsa, kartani yana bir bor tekkizish talab etiladi.

GM bu yechimni telefon orqali ishlaydigan raqamli kalitdan alohida ko‘radi. Raqamli kalit smartfonni asosiy kalitga aylantirishga qaratilgan. Karta-kalit esa kalit pult uyda qolib ketgan holatlar uchun qulay zaxira vosita sifatida taklif qilinmoqda.

Foto: GM Authority

Dilerlar bitta avtomobil uchun sakkiztagacha karta-kalitni dasturlashi mumkin. Bu oilalar yoki xizmat avtomobillari uchun qulaylik yaratadi.

Karta-kalit 2025–2026-yil modellari orasida quyidagilarga bosqichma-bosqich joriy etilishi kutilmoqda:

  • Cadillac: Celestiq, Escalade/Escalade ESV, Escalade IQ/Escalade IQL, Lyriq, Optiq, Vistiq;
  • Chevrolet: Silverado EV, Suburban, Tahoe, Traverse;
  • GMC: Acadia, Sierra EV, Yukon/Yukon XL;
  • Buick: Enclave.
Foto: GM Authority

GM bu yangilik orqali haydovchilarga tanlov imkonini kengaytirishni maqsad qilgan. Kompaniya kelajakda raqamli kalit tizimini ham rivojlantirishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Amerika General Motors (GM) rahbari lavozimiga Tomas Ovsiyanski tayinlangani haqida xabar berilgandi. Yangi tayinlov avvalgi mintaqaviy rahbar Santyago Chamorro kompaniyadagi 32 yillik faoliyatidan so‘ng lavozimini tark etganidan ikki oy o‘tib amalga oshirildi.

Shuningdek