BMW X8 loyihasi o‘rniga nima uchun XM modeli tanlangani ma’lum bo‘ldi

BMW kompaniyasi uzoq kutilgan X8 modeli o‘rniga XM gibrid yo‘ltanlamasini ishlab chiqarishga qaror qildi. Carbuzz nashrining xabariga ko‘ra, bu o‘zgarish COVID-19 pandemiyasi va bozorda talab ortishi bilan bog‘liq.

BMW X8 haqidagi ilk xabarlar 2017-yilda paydo bo‘lgan edi. O‘shanda kompaniyaning rivojlanish bo‘limi rahbari Klaus Fryolix X7 modelidan yuqoriroq turuvchi, Xitoy kabi bozorlar uchun mo‘ljallangan o‘zgacha xarakterga ega avtomobil uchun joy borligini ta’kidlagan. Biroq 2020-yilga kelib, Project Rockstar deb nomlangan X8 M loyihasi to‘liq M seriyasidagi XM modeliga aylantirildi.

Ushbu qaror ortida BMW iM superkarining bekor qilinishi turibdi. Afsonaviy M1 vorisi sifatida ko‘rilgan ushbu avtomobil pandemiyasi davridagi iqtisodiy xatarlar va bozorning qimmatbaho yo‘ltanlamaslarga qiziqishi ortgani sababli kun tartibidan olib tashlangan. Natijada kompaniya ikkita loyihani yagona XM modelida birlashtirishga majbur bo‘ldi.
«Siz uni hech qachon poyga yo‘lagida ko‘rmaysiz, chunki odamlar undan shunchaki ko‘zga tashlanish uchun foydalanadilar», — dedi BMW M bo‘limi rahbari Frank van Mil

Sotuv ko‘rsatkichlari hozircha kutilgan natijani bermayapti. 2025-yilda AQShda atigi 1,2 ming dona XM sotilgan. Taqqoslash uchun, Porsche o‘tgan yili 20 mingdan ortiq Cayenne sotgan bo‘lsa, Lamborghini Urus ham ikkinchi chorakning o‘zidayoq XM yillik ko‘rsatkichidan ko‘proq sotilishga erishgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan BMW 4-seriyasining uchinchi avlodini ishlab chiqishni boshlangani haqida xabar bergan edi.