22-yanvar uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

22-yanvar uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 48,78 so‘mga oshib, 12 122,07 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
14-yanvarda 51,14 so‘mga pasayib, 12 048,04 so‘m, 15-yanvarda esa 46,33 so‘mga pasayib, 12 001,71 so‘m etib belgilandi. 16-yanvar kuni ham dollar pasayishda davom etib, 11 969,66 so‘mni tashkil etdi. 19-yanvarda dollar 6,88 so‘mga pasayib, 11 962,78 so‘m, 20-yanvarda 88,93 so‘mga oshib, 12 050 so‘m, 21-yanvarda esa 21,58 so‘mga oshib, 12 072 so‘m etib belgilandi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 29,32 so‘mga oshib, 14 187,67 so‘mni, rubl 1,23 so‘mga oshib, 156,39 so‘mni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri hafta davomida dollar qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.