AQShdan 44 nafar O‘zbekiston fuqarosi charter reys orqali ortga qaytdi

Bugun, 21-yanvar kuni AQSh hududida noqonuniy bo‘lib turgan shaxslarni deportatsiya qilish doirasida navbatdagi charter reysi amalga oshirildi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi xabar berdi.
Ushbu reys orqali 44 nafar O‘zbekiston fuqarosi Vatanga qaytarildi. Charter reysi AQShning vakolatli hukumat idoralari bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Jarayon O‘zbekiston fuqarolarining xavfsiz va belgilangan muddatlarda qaytarilishini ta’minlashga qaratilgan.
Qayd etilishicha, mazkur tadbir O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi amaliy hamkorlikning yana bir muhim namunasi hisoblanadi. Tomonlar o‘zbekistonliklarning xorijda bo‘lishi davomida ularning qonuniy huquqlari va xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratmoqda.
Avvalroq «Kursiv» nashri O‘monda onasi tashlab ketgan bolakay O‘zbekistonga qaytarilgani haqida yozgandi.