Toshkentda mast erkak yarim tunda xonadon eshigini taqillatgan holatga izoh berildi

eʼlon qilindi
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda
Foto: Videodan olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxsning o‘zga xonadon eshigini sababsiz taqillatib, aholi tinchligini buzayotgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan poytaxt IIBB rasmiy izoh berdi.

Aniqlanishicha, voqea joriy yilning 20-yanvar kuni soat 00:15 lar atrofida Toshkent shahrining Yunusobod tumani, 11-mavzeda joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida sodir bo‘lgan. 1995-yilda tug‘ilgan erkak mast holatda bo‘lgan holda ushbu uyda yashovchi 1974-yilda tug‘ilgan fuqaroning xonadoni eshigini tortib, qo‘ng‘iroqni bir necha bor chalgani natijasida fuqarolarning tinchligini buzgan.

Holat yuzasidan Yunusobod tumani Ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, amaldagi qonunchilik doirasida tegishli huquqiy baho berilishi va qonuniy qaror qabul qilinishi ma’lum qilindi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda Donald Trampni 102 qilgan fuqaro jarimaga tortilgani haqida yozgandi.

Shuningdek