Yilning eng yomon filmi nominatsiyasiga da’vogarlar e’lon qilindi

22-yanvar 2026 10:24 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Reuters

Yilning eng omadsiz kinoloyihalarini aniqlovchi «Oltin malina» mukofoti uchun nomzodlar ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Reuters nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, bu yil eng ko‘p – oltita nominatsiya bilan Disney’ning «Oppoqoy (Belosnejka)» filmi va prodyuseri Timur Bekmambetov bo‘lgan «Dunyolar urushi» remeyki yetakchilik qilmoqda.

«Oppoqoy» filmi «Eng yomon film» nominatsiyasi bilan birga eng yomon remeyk, rejissura va ssenariy yo‘nalishlarida ham da’vogarlik qilmoqda. Filmda CGI texnologiyasi orqali yaratilgan yetti mitti esa ikki nominatsiyada – «Eng yomon ikkinchi darajali rol» va «Eng yomon aktyorlar uyg‘unligi» bo‘yicha ro‘yxatga kiritilgan.

Ays Kyub va Eva Longoriya ishtirok etgan «Dunyolar urushi» filmi ham eng yomon film, remeyk, rejissura, ssenariy, aktyorlar uyg‘unligi va aktyorlik nominatsiyalarida tanqid ostiga olingan.

Shuningdek, yilning eng yomon filmi unvoni uchun psixologik triller «So‘nggi ertaga», fantastik jangari film «Yulduzli yo‘l: 31-seksiya» hamda Netflix’ning sarguzashtli eksheni «Elektrik shtat» ham kurash olib bormoqda. Ushbu filmda bosh rolni Milli Bobbi Braun ijro etgan.

«Oltin malina» mukofoti an’anaviy tarzda kinodagi eng omadsiz ishlarni «taqdirlash» maqsadida taqdim etiladi. G‘oliblar yaqin kunlarda e’lon qilinishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Hayvonlar shahri 2» animatsion filmlar orasida yangi rekord o‘rnatgani haqida yozgandi.

Shuningdek