Onlayn ish va’dasi bilan fuqarolardan millionlab so‘m undirgan firibgarlar aniqlandi

eʼlon qilindi
3 million 500 ming so‘m
Foto: Guerrilla Buzz / Unsplash

O‘zbekistonda internet orqali ish taklif qilib, fuqarolardan yirik miqdorda pul undirgan navbatdagi firibgarlik holati fosh etildi. Kiberxavfsizlik markazi huzuridagi UZCERT xizmati tomonidan olib borilgan o‘rganishlar hamda fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida «Pioneer Global Media LTD» nomi ostida faoliyat yuritgan shaxslar aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, firibgarlar fuqarolarga onlayn ish taklif etib, go‘yoki har hafta muntazam daromad olish mumkinligini va’da qilgan. Onlayn ishga qabul qilish sharti sifatida esa kamida 3 million 500 ming so‘m miqdorida to‘lov talab etilgan. Ushbu mablag‘lar aldov yo‘li bilan undirilgani aniqlangan.

O‘rganishlar davomida respublikaning bir nechta viloyatlarida Telegram messenjerida «Pioneer Global Media LTD», qisqacha PGM, nomi ostida yopiq guruhlar tashkil etilgani ma’lum bo‘lgan. Ushbu guruhlarga faqat administratorlar tomonidan tasdiqlangan foydalanuvchilargina qo‘shilishi mumkin bo‘lgan.

Firibgarlik sxemasiga ko‘ra, to‘lovni amalga oshirgan shaxslarga onlayn ishga qabul qilingani aytilib, ma’lum topshiriqlarni bajarganidan so‘ng har hafta haq to‘lab berilishi va’da qilingan. Shu bilan birga, ishtirokchilarga o‘z tanishlarini jalb qilish orqali qo‘shimcha daromad topish imkoniyati taklif etilgan. Agar taklif havolasi orqali boshqa fuqarolar ham to‘lov qilsa, mablag‘ning 10 foizi mukofot sifatida va’da qilingan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan onlayn kredit olishda firibgarlikka uchraganlardan kreditni undirish to‘xatilishi haqida yozgandi.

Shuningdek