«Oskar»ga nomzodlar, eski mashinalarga taqiq, OpenAI’dan yangi gadjet — 22-yanvar kungi yangiliklar dayjesti

eʼlon qilindi
Kun davomida O‘zbekiston va dunyoda yuz bergan dolzarb yangiliklar bir maqolaga jamlandi
21-dekabr dayjesti
Foto: Kursiv Uzbekistan / Asadbek Komilov
Chiqarilganiga 50 yildan oshgan transportlardan foydalanish taqiqlanadi
Chiqarilganiga 50 yildan oshgan transportlardan foydalanish taqiqlanadi / Foto: Sun’iy intellekt

Chiqarilganiga 50 yildan oshgan transportlardan foydalanish taqiqlanadi

O‘zbekiston hukumati yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasini raqamlashtirish bo‘yicha yangi chora-tadbirlar qabul qildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Yilning eng yomon filmi nominatsiyasiga da’vogarlar e’lon qilindi

Yilning eng omadsiz kinoloyihalarini aniqlovchi «Oltin malina» mukofoti uchun nomzodlar ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Reuters nashri xabar berdi.

Foto: yahoo.com

Tramp oilasi kriptovalyutalardan 1,4 mlrd dollar ishlab topdi

AQSh prezidenti Donald Trampning oilasi 2025-yilda kriptovalyutadan taxminan $1,4 milliard daromad olgan. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

GM haydovchi nigohi orqali yo‘lakni avtomatik o‘zgartirish tizimini joriy etadi
GM haydovchi nigohi orqali yo‘lakni avtomatik o‘zgartirish tizimini joriy etadi / Foto: GM

GM haydovchi nigohi orqali yo‘lakni avtomatik o‘zgartirish tizimini joriy etadi

General Motors haydovchining nigohi orqali avtomobilning yo‘lakni avtomatik almashtirish texnologiyasini patentladi. Bu haqda The Truth about cars ma’lum qildi.

OpenAI IPOga tayyorlanmoqda
Foto: Trashbox

OpenAI o‘zining ilk gadjetini 2026-yilda taqdim etishni rejalashtirmoqda

OpenAI kompaniyasi o‘zining birinchi aqlli qurilmasini joriy yilning ikkinchi yarmida taqdim etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniyaning global siyosat bo‘yicha rahbari Kris Lehane ma’lum qildi.

Foto: Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi

Toshkentdagi ikkita dehqon bozori to‘liq rekonstruksiya qilinadi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan «Bo‘z bozor» va «Navro‘z» dehqon bozori to‘liq rekonstruksiya qilinib, zamonaviy infratuzilma asosida qayta tashkil etiladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

2026-yilgi «Oskar» nominantlari e’lon qilindi
2026-yilgi «Oskar» nominantlari e’lon qilindi / Foto: AP

2026-yilgi «Oskar» mukofotiga nomzodlar e’lon qilindi — ro‘yxat

Amerika kinoakademiyasi «Oskar – 2026» mukofotiga nomzodlarni e’lon qildi. Mukofotlarni topshirish marosimi 16-mart kuni Los-Anjeles shahridagi Dolby teatrida bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek