Ertalabki nonushta: do‘mboq quymoqchalar

22-yanvar 2026 22:20 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: 1000menu

Yumshoq va do‘mboq shakldagi quymoqchalar har qanday nonushtani yanada mazali qiladi. Ularni tayyorlash juda oson: kefir, tuxum va sariyog‘ni aralashtirib, un va qabartma bilan birlashtiramiz, so‘ngra qovurib olamiz. Har bir quymoqcha taxminan 2 daqiqa davomida ikki tomonlama qovuriladi.

Masalliqlar jadvali:

MasalliqlarMiqdor
Kefir1 stakan
Un1 stakan
Tuxum1 ta
Eritilgan sariyog‘2-3 osh qoshiq
Vanil1 choy qoshiq
Shakar2 osh qoshiq
TuzBir chimdim
Qabartma2 choy qoshiq
O‘simlik yog‘i (qovurish uchun)Zarur miqdorda

Tayyorlash:

  1. Kefir, tuxum, shakar, vanil va eritilgan sariyog‘ni aralashtiring.
  2. Un, tuz va qabartmani elab, suyuq aralashmaga qo‘shing va nomiga aralashtiring.
  3. Tovaga ozroq yog‘ solib, har ikki tomonini 2 daqiqadan qovuring.

Yoqimli ishtaha!

Shuningdek