O‘zbekiston milliy jamoasi Xitoyga qarshi yopiq o‘yin o‘tkazadi

23-yanvar 2026 09:52 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: O‘FA

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabariga ko‘ra, ushbu o‘yinlar muxlislar va OAV uchun yopiq eshiklar ortida o‘tadi. Fabio Kannavaro boshqaruvidagi jamoa 26-yanvar kuni Xitoy milliy terma jamoasiga qarshi kuch sinashsa, 30-yanvar kuni Armanistonning «Urartu» futbol klubiga qarshi bahslashdi. Ma’lum qilinishicha, mazkur yig‘in FIFA kunlari doirasidagi rasmiy taqvimdan tashqari tashkil etilgan bo‘lib, murabbiylar uchun asosiy maqsad terma jamoaga nomzod futbolchilarning imkoniyatlarini ko‘zdan kechirish va ularning jismoniy holatini baholashdir.

Foto: O‘FA

Shu bois o‘yinlar natija uchun emas, balki taktik sinovlar va tarkibni rotatsiya qilish uchun xizmat qiladi. Har ikkala uchrashuv ham mashg‘ulot o‘yini formatida bo‘lib o‘tadi. Bu murabbiylarga o‘yin davomida ko‘proq o‘zgartirishlarni amalga oshirish va turli taktik sxemalarni qo‘llab ko‘rish imkonini beradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Husniddin Aliqulov Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek