Jeff Bezos yangi sun’iy yo‘ldosh internet loyihasini taqdim etdi — TeraWave

eʼlon qilindi
Mazkur loyiha Starlink kompaniyasiga raqib bo‘lishi mumkin
Jeff Bezos yangi sun’iy yo‘ldosh internet loyihasini taqdim etdi — TeraWave / Foto: AFP / Getty Images

AQShning aerokosmik kompaniyasi Blue Origin Jeff Bezos boshchiligida TeraWave nomli sun’iy yo‘ldosh interneti loyihasini e’lon qildi. Loyihaga ko‘ra, Yer orbitasiga 5,4 mingta sun’iy yo‘ldosh chiqariladi.

Starlink loyihasidan farqli o‘laroq, Bezosning tashabbusi yirik kompaniyalar, ma’lumot markazlari va hukumat tashkilotlari uchun mo‘ljallangan. Dasturchilar internet tezligini soniyasiga 6 TBgacha yetkazishni va’da qilmoqda.

Foto: Blue Origin

Birinchi sun’iy yo‘ldoshlar 2027-yil oxirida orbitaga chiqarilishi rejalashtirilgan. Blue Origin biznes uchun supertezkor internet bozorida o‘z o‘rnini egallashni maqsad qilmoqda.

Bu Bezosning sun’iy yo‘ldosh interneti sohasidagi birinchi loyihasi emas. Hozirda Amazon Leo tashabbusi orqali shaxsiy mijozlarga simsiz internet xizmatini taqdim etmoqda.

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda Yer orbitasida taxminan 180 sun’iy yo‘ldosh mavjud bo‘lib, ularni 3 mingtagacha oshirish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jeff Bezos yaqin 10 – 20 yil ichida kosmosda gigavatt quvvatga ega ma’lumot markazlari qurilishi mumkinligini aytgan edi.

Shuningdek