2025-yilda banklardagi NPL miqdori 12 foizga kamaydi

eʼlon qilindi
NPL
Jami kreditlardagi NPL ulushi 3 foizga pasaydi
NPL
Foto: MaksLab / depositphotos.com

1-yanvar holatiga ko‘ra, 2025-yil dekabr oyida banklardagi muammoli kreditlar (NPL) umumiy miqdori 18 trln so‘mga pasaygan. Bu ko‘rsatkich 1-dekabr bilan solishtirilganda 12 foizga foizga, ya’ni qariyb 2,5 trln so‘mga pasaygan. Noyabr oyida bu ko‘rsatkich 20,5 trln so‘mni tashkil etgandi.

Jami kreditlardagi NPL ulushi 3 foizga pasaydi. Noyabr oyida bu ko‘rsatkich 3,5 foizni tashkil qilgan. 1-yanvar holatiga ko‘ra, banklarning kredit portfeli 604 trln so‘mni tashkil qilgan. Noyabr oyiga nisbatan 9 trln so‘mga oshgan.

Davlat banklarida

Muammoli kreditlarning asosiy qismi davlat ulushi mavjud banklarga to‘g‘ri kelmoqda. Ularning jami miqdori 12,8 trln so‘mdan ortiqni tashkil qilgan. Bu noyabr oyiga nisbatan 2,5 trln so‘mga pasaygan.

Davlat banklari orasida qaytarilmayotgan kredit qarzdorligi eng yuqori bank sifatida dekabr oyida ham «O‘zmilliybank» 3 trln so‘m bilan yetakchilik qilgan. Bankning jami kreditlardagi NPL ulushi esa 3,4 foizdan 2,8 foizga pasaygan.

Shuningdek, «Agrobank»da 2,7 trln so‘m (NPL 3,3%), «O‘zsanoatqurilishbank»da 1,6 trln so‘m (2,5%), «Asaka bank»da 1,5 trln so‘m (3,6%) va Xalq bankida 1 trln so‘mga (3,1%) yetgan.

Xususiy banklarda

Xususiy banklarda kredit portfeli 6 trln so‘mga oshib, 199,5 trln so‘mga yetgan bo‘lsa, NPL miqdori esa 5,2 trln so‘mga pasaygan. Kredit portfelidagi umumiy ulush 2,6 foizga kamaygan.

Muammoli kreditlar ko‘rsatkichi yuqori banklar qatorida «Ipoteka-bank» 1,2 trln so‘m (portfeldagi ulushi 3,5%) so‘m bilan yetakchi o‘rinda turibdi.

Xususiy banklarda kredit portfelida muammoli kreditlar ulushi yuqori banklar esa quyidagilar:

  • «Poytaxt bank» – 24,4% (muammoli kreditlar 69 mlrd so‘m);
  • «AVO bank» – 8,2% (73 mlrd so‘m);
  • «Soderot bank» – 6,5% (1 mlrd so‘m).

Ma’lumot uchun, muammoli kredit (NPL) deb to‘lov muddati 90 kundan oshgan va qaytarilmayotgan kreditlarga aytiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan noyabr oyida banklardagi NPL miqdori 8 foizga pasaygani haqida yozgandi.

Shuningdek