iQOO 15 Ultra’ning dizayni va ranglari ko‘rsatildi — foto

eʼlon qilindi
Smartfon taqdimoti fevral oyining boshiga rejalashtirilgan
Foto: Notebookcheck

iQOO brendi o‘zining navbatdagi kuchli flagmani iQOO 15 Ultra haqidagi tizerlarini e’lon qilib, uning dizayni, ranglar xilma-xilligi va ayrim texnik xususiyatlarini ommaga taqdim etdi.

Foto: Notebookcheck

iQOO 15 Ultra ikki xil rangda sotuvga chiqadi. Och havorang hamda zarg‘aldoq rangli naqshlari tushirilgan qora variant. Smartfon korpusi tekis qirralarga ega bo‘lib, orqa panelning yuqori chap burchagida maxsus yoritqichga ega kvadrat shaklidagi uchta kamerali modul joylashgan.

E’tiborli jihati, qurilmaning o‘ng tomonida odatiy ovoz va quvvat tugmalaridan tashqari, yana ikkita qo‘shimcha tugma o‘rin olgan. Bu smartfonning geymerlar auditoriyasiga qaratilganini yana bir bor tasdiqlaydi.

iQOO mahsulotlar bo‘yicha direktori yangi flagmanning AnTuTu benchmarkidagi natijalarini ham bo‘lishdi. iQOO 15 Ultra sinovlarda 4,51 mln balldan yuqori natija qayd etgan. Kompaniya vakilining so‘zlariga ko‘ra, bu hali yakuniy chegara emas va keyingi optimallashtirish ishlari orqali qurilmaning to‘liq potensiali ochib beriladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan iQOO Z11 Turbo smartfoni taqdim etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek