«Toshkent» RFBda xorijiy qimmatli qog‘ozlar va valyuta obligatsiyalari uchun maydoncha yaratiladi

eʼlon qilindi
2026-yil 13-fevral kuni birjada aksiyadorlarning yig‘ilishini o‘tkaziladi
«Toshkent» RFBda xorijiy qimmatli qog‘ozlar va valyuta obligatsiyalari uchun maydoncha yaratiladi
«Toshkent» RFBda xorijiy qimmatli qog‘ozlar va valyuta obligatsiyalari uchun maydoncha yaratiladi / Foto: SI

«Toshkent» respublika fond birjasi (RFB)da xorijiy qimmatli qog‘ozlar va valyuta obligatsiyalari uchun maydoncha yaratiladi. 2026-yil 13-fevral kuni birjada aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazilishi rejalashtirgan.

Unga ko‘ra, yig‘ilishda oltita asosiy masala ko‘rib chiqiladi, jumladan, xorijiy qimmatli qog‘ozlar va valyuta obligatsiyalari muomalasi uchun ixtisoslashtirilgan maydonchani yaratish, shuningdek, dasturiy ta’minotni modernizatsiya qilish.

Yig‘ilishda aksiyadorlar o‘z vakillari orqali ishtirok etishlari mumkin va ovoz berish bir ovozli tizimda amalga oshiriladi. Aksiyadorlar yig‘ilish materiallarini 15-yanvar holatiga shakllangan reyestr bo‘yicha olishlari mumkin. Yig‘ilishda qatnashish uchun reyestr 9-fevral holatiga shakllanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Kapital bozorida investitsiya muhitini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilingandi. Farmonga muvofiq, 2030-yilgacha kapital bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

Jumladan, fond bozoriga $1 mlrd miqdorida qo‘shimcha investitsiyalar jalb etish, shu hisobdan qariyb $400 mln (5 trillion so‘m) miqdorida korporativ obligatsiyalar chiqarish rejalashtirilgan. Shuningdek, «tartibga solish qumdoni» maxsus huquqiy rejimi doirasida yangi moliyaviy vositalarni sinovdan o‘tkazish imkoniyatlari kengaytiriladi.

Shuningdek