Axborot xizmati rahbarlari har uch yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkaziladi

Axborot xizmati rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda. Ular endi har uch yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Attestatsiya o‘tkazish uchun Markaz direktori tomonidan kamida yetti kishidan iborat attestatsiya komissiyasi tuziladi. Komissiya, talabgorlarning ro‘yxatini taqdim etish uchun davlat organlari va tashkilotlaridan murojaat qiladi.
Komissiya tomonidan talabgorlarning anketa ma’lumotlari 10 kun ichida batafsil o‘rganilib, attestatsiyadan o‘tishi kerak bo‘lgan talabgorlar ro‘yxati tasdiqlanadi. Attestatsiya ikki oy ichida o‘tkaziladi. Suhbat 5 ta savol va amaliy sinovlardan iborat bo‘ladi.
Attestatsiya jarayonida talabgorning natijalari 5 ballik tizimda baholanadi. Kamida 4 ball to‘plagan talabgor attestatsiyadan o‘tgan deb topilib, unga attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma beriladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan notariuslar endi ijro xatlarini elektron shaklda yozishi mumkinligi haqida yozgan edi.