Olmazordagi ko‘chaga 166 milliard soʻm investitsiya kiritilib, yangi obyektlar tashkil etildi

eʼlon qilindi
Shuningdek, respublika budjetidan 150 milliard so‘m ajratilgan
Olmazordagi ko‘chaga 166 milliard soʻm investitsiya kiritilib, yangi obyektlar tashkil etildi
Olmazordagi ko‘chaga 166 milliard soʻm investitsiya kiritilib, yangi obyektlar tashkil etildi / Foto: prezident matbuot xizmati

Olmazor tumanidagi Xastimom mahallasi Zarqaynar ko‘chasiga 166 milliard soʻm investitsiya kiritilib, yangi obyektlar tashkil etildi. 23-yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev ushbu ko‘chada amalga oshirilayotgan turizm va xizmat ko‘rsatish loyihalari bilan tanishdi.

Loyiha doirasida 15 ta mahallani bog‘lovchi 6 ta tuman ahamiyatidagi ko‘chada turizm va xizmat ko‘rsatish obyektlari barpo etilmoqda. Respublika budjetidan ajratilgan 150 mlrd so‘m hisobiga Zarqaynar koʻchasida jami 576 ta xonadon milliy uslubda ta’mirlanib, hududning tarixiy qiyofasi saqlanib qolgan.

Yuz nafar tadbirkor tomonidan 166 mlrd soʻm investitsiya kiritilgani natijasida 7 ta mehmonxona, 8 ta restoran, 5 ta hunarmandlik markazi, 1 ta savdo markazi, 125 ta xizmat koʻrsatish obyektlari tashkil etildi, 1,5 ming nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlandi.

Foto: prezident matbuot xizmati

Mirziyoyev, shuningdek, «Olmazor» innovatsion o‘sish hududini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan master-reja bilan tanishdi. Unga ko‘ra, ta’lim, innovatsiya, turizm, savdo, madaniy meros, biznes va IT xizmatlari uchun alohida rivojlanish koridorlari shakllantiriladi.

Eski shahar atrofida Talabalar shaharchasi, universitetlar, texnoparklar, sog‘liqni saqlash obyektlari, Islom sivilizatsiyasi markazi va Chorsu bozorini o‘z ichiga olgan turizm yo‘nalishlari yaratish rejalashtirilgan.

Foto: prezident matbuot xizmati

Shuningdek, shimoliy markaziy ishbilarmonlik hududida ofislar, IT-park va biznes markazlarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Prezident bu jarayonda tarixiy merosni saqlagan holda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish, shahar muhitini yaxshilash va iqtisodiy salohiyatni oshirish maqsad qilinganini ta’kidladi.

«Har bir ko‘cha uchun kamida besh yillik master reja ishlab chiqish zarur. Kecha Shveysariyaning Davos shahrida binolar saqlangan holda, shahar muhiti sharoitga mos ravishda rivojlantirilayotganini ko‘rdim. Biz ham eski shaharni asrab-avaylashimiz, yanada rivojlantirishimiz shart. Shu maqsadda alohida «Eski shahar» dasturini ishlab chiqish zarur», — dedi davlat rahbari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026-yilda 1 million aholi doimiy ish bilan ta’minlanishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, Mirziyoyev 2026-yil uchun 181 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish, ishsizlik va kambag‘allikni 4,5 foizga tushirish kabi vazifalarni belgiladi.

Shuningdek