Uzbekistan Airways samolyoti Groznidagi noqulay ob-havo sabab qo‘na olmadi
eʼlon qilindi
Aviareys zaxira aeroportiga yo‘naltirildi

Grozniy xalqaro aeroportida 23-yanvar kuni noqulay ob-havo sharoiti sababli Toshkent – Grozniy yo‘nalishidagi HY9701 reysi Maxachkala zaxira aeroportiga yo‘naltirildi. Bu haqda Uzbekistan Airways ma’lum qildi.
Shu munosabat bilan reyslar jadvali quyidagicha o‘zgartirilgan:
- HY9702 reysi Grozniydan 15:15 da uchib, Toshkentga 20:00 da yetib keladi.
- HY9701 reysi Maxachkaladan 13:30 da uchib, Grozniyga 14:15 da yetib keladi.
Aviakompaniya yo‘lovchilardan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘rab, vaziyatni to‘g‘ri tushunishlarini so‘radi. Barcha yangiliklar va o‘zgarishlar kompaniyaning rasmiy sayti orqali e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq kuchli qor sababli Farg‘onaga qo‘nuvchi ayrim aviareyslar boshqa aerodromlarga yo‘naltirilgan edi.