Dubaydagi mushtlashuvda qatnashgan sakkiz nafar o‘zbekistonlik umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

eʼlon qilindi
Yana bir kishiga 25 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi
Foto: Videodan olindi

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida 2025-yil aprel oyida sodir bo‘lgan janjal yuzasidan sud hukmi e’lon qilindi. Tashqi ishlat vazirligi matbuot xizmatining Kursiv’ga ma’lum qilishicha, 21-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlisida sakkiz nafar O‘zbekiston fuqarosi Umrbod qamoq ya’ni o‘lim jazosiga hukm qilingan, yana bir kishiga 25 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Mazkur voqea 2025-yil aprelida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bo‘lib, Dubaydagi yonilg‘i quyish shoxobchalaridan birida ikki o‘zbekistonlik guruh o‘rtasida to‘qnashuv kelib chiqqan. Shu janjalda bir kishi pichoq zarbasi oqibatida vafot etgan, yana bir kishi komaga tushgan edi.

Dubay politsiyasi voqeani tergov qilgan, hududni o‘rab olgan va mushtlashuv ishtirokchilari qoldirgan buyumlarni musodara qilgan. Kuzatuv kameralari va guvohlarning ko‘rsatmalari yordamida mojaro ishtirokchilari aniqlangan. Oldindan kelishmovchiligi bo‘lgan ikki guruh a’zolari yonilg‘i quyish shoxobchasida uchrashib, bir shaxsni pichoqlashgan, uning sherigi esa qochishga uringan, biroq qo‘lga olingan va kaltaklangan. Keyinchalik komadagi shaxs vafot etgan va mushtlashuv qurbonlari soni ikki nafarga yetgan.

Dubay jinoyat qidiruv boshqarmasi, shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari tomonidan amirlik hududida sodir etilayotgan qonunbuzarliklar ko‘payayotgani sababli ikki davlat o‘rtasidagi vizasiz tartibga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ogohlantirgan. Shu voqealardan so‘ng O‘zbekiston fuqarolarining BAAga kirishida muammolar ham kuzatilgan.

Avvalroq «Kursiv» nashri Rossiyada terrorchilikda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi umrbod qamoq jazosiga hukm qilingani haqida yozgandi.

Shuningdek