Dam olish kunlari 16 ta bankda valyuta ayirboshlash xizmatlari ishlaydi

24 – 25-yanvar, shanba va yakshanba kunlari 16 ta tijorat bankida valyuta ayirboshlash va xalqaro pul oʻtkazmalari xizmatlari koʻrsatiladi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.
Dam olish kunlari valyuta ayirboshlash va pul oʻtkazmalari shoxobchalari quyidagi banklarda faoliyat yuritadi:
- Аgrobank;
- Asakabank;
- Apexbank;
- Asia Alliance Bank;
- Anorbank;
- Garantbank;
- Hayot bank;
- Hamkorbank;
- InFinBank;
- Kapitalbank;
- Tenge bank;
- Trastbank;
- Universalbank;
- Orient Finans bank;
- Oʻzmilliybank;
- Oʻzsanoatqurilishbank.
Shu bilan birga, aholi 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali hamda bank boʻlimiga tashrif buyurmasdan, tijorat banklarining mobil ilovalari orqali kunning istalgan vaqtida onlayn valyuta ayirboshlash imkoniyatiga ega.
Eslatma: bank boʻlimlarining ish tartibi hudud va filialga qarab farq qilishi mumkin. Shu sababli aniq ma’lumotlarni bevosita tijorat banklaridan oldindan aniqlashtirish tavsiya etiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yilda banklardagi NPL miqdori 12 foizga kamaygani haqida xabar bergan edi.