Saudiya Arabistonining yangi elchisi O‘zbekistonda ish boshladi

eʼlon qilindi
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni podshohligi o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992-yilning 20-fevralida o‘rnatilgan
Foto: TIV

Saudiya Arabistoni Podshohligining O‘zbekistondagi yangi elchisi Saad bin Nosir bin Abdulloh Abu Haymed O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Bu haqda TIV rahbari o‘zining Telegram sahifasida ma’lum qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlar ko‘plab yo‘nalishlarda jadal rivojlanayotgani ta’kidlandi. Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar, energetika va madaniy almashinuv sohalarida hamkorlikni yanada kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlari hamda istiqbollarini muhokama qildi.

«Elchi janoblariga mamlakatimizdagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz», – deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni podshohligi o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992-yilning 20-fevralida o‘rnatilgan. 

Avvalroq Kursiv Uzbekistan prezident Saudiya Arabistoni elchisiga «Doʻstlik» ordeni topshirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek