Boeing 767-300 samolyoti auksionga qo‘yildi

eʼlon qilindi
Savdo jarayoni esa shu kuni soat 10:00 da boshlanadi
Foto: e-auksion

Boeing 767-300 rusumli samolyoti auksionga qo‘yildi. Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati 30-yanvar kuni soat 09:00 etib belgilangan. Savdo jarayoni esa shu kuni soat 10:00 da boshlanadi.

Samolyotning boshlang‘ich narxi 3 trln 10 mlrd so‘mni tashkil etadi. Auksionda qatnashish uchun zakalat puli miqdori boshlang‘ich narxning 5 foizi bo‘lib, 215 mlrd so‘m etib belgilangan. Savdo oshirib borish uslubida o‘tkaziladi va birinchi qadam bahosi 86 mlrd so‘mni tashkil etadi, bu boshlang‘ich narxning 2 foiziga teng.

Foto: e-auksion

Auksion Toshkent shahrining Sergeli tumani hududi – Uchuvchilar shaharchasida joylashgan «Uzbekistan Airways Technics» MChJ hududida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, lot savdodan olib tashlangan. Bunga Majburiy ijro byurosining Sergeli tumani bo‘limi tomonidan 10-yanvar 2026-yilda yuborilgan 16-sonli yozma so‘rov xati asos bo‘lgan.

Kursiv Uzbekistan qor sababli Farg‘onaga qo‘nuvchi ayrim aviareyslar boshqa aerodromlarga yo‘naltirilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek