Qaysi hududlarda yana qor yog‘adi

25-yanvar kuni O‘zbekistonning bir qator hududlarida ob-havo beqaror bo‘ladi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar bermoqda. Ayrim hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda.
Ertalab Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kuzatiladi. Kunning birinchi yarmida Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ham ayrim joylarda yomg‘ir va qor yog‘adi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida kechga tomon ba’zi hududlarda biroz qor yog‘ishi kutilmoqda. Xorazm viloyati hamda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik prognoz qilinmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi, yo‘llarda esa yaxmalak paydo bo‘lishi mumkin. Shamol tezligi 9–14 m/s bo‘ladi. Havo harorati 3–8 daraja iliqni tashkil etadi.

Toshkent shahrida kunning birinchi yarmida vaqti-vaqti bilan, asosan, yomg‘ir ko‘rinishida yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ayrim yo‘llarda yaxmalak kuzatilishi mumkin. Shamol 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat 5–7 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qor yog‘adi va tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak ehtimoli saqlanib qoladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol tezligi 7–12 m/s bo‘lib, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 24-yanvar kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.